So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda byurokratik to‘siqlarni bekor qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritishni osonlashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, firma nomlarini band qilish va ulardan foydalanish tartiblarini takomillashtirish, bu borada qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 06.02.2025 yil kuni 65-sonli qarori e’lon qilindi.Ushbu qarorga muvofiq davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish to‘g‘risida ariza berish, davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish, firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish, firma nomlarini band qilish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish tartiblari belgilandi.Mazkur qarorga asosan davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga berilishi belgilandi:O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.Ushbu qaror talablari tijorat banklari va kredit byurolari, xorijiy tijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.Ushbu qaror bilan belgilangan Davlat xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ko‘rsatiladi.Ushbu qaror bilan belgilangan Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:tanlangan firma nomi O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan talablarga zid bo‘lsa;tanlangan firma nomi Tizimda boshqa shaxs tomonidan zaxiraga olingan bo‘lsa;tanlangan firma nomi mazkur Reglament qoidalari tatbiq etilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha berilgan bo‘lsa.Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda ariza beruvchi aynan ushbu firma nomini qaytadan olish uchun davlat xizmatidan yig‘im to‘lamasdan qayta foydalanishi mumkin.Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi.Davlati xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.Vakolatli organ ikki ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha buyurtma qilingan firma nomini band qiladi yoki band qilishni rad etadi.Muhammadali Shoqalamov,Uychi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.






