Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va rahbar xodimlarning malakasini oshirish maqsadida Uychi tumanidagi 50-DMTTda "Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosarlari faoliyatini samarali tashkil etish" mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruv samaradorligini oshirish, pedagogik jarayonni rivojlantirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.
Dastlab seminarda ushbu tashkilot direktori o‘rinbosari Asila Faxriddinova direktor o‘rinbosarlari faoliyatida samarali boshqaruv usullaridan foydalanish, pedagogik jamoani boshqarish va ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlash, innovasion ta’lim metodlarini joriy etish, bolalarning rivojlanishiga yo‘naltirilgan samarali tarbiyaviy dasturlar ishlab chiqish yuzasidan tajribalarini o‘rtoqlashdi.






