O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Uychi tumani 3-sektorida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, sektor rahbari U.Eshanov Soku mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Sektor rahbari va mahalla raisi tashabbusi bilan shu kuni "Rayhon" ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlari, "Ko‘rkam" ko‘chasida yuzni tanib oladigan kameralar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, "Xavfsiz ko‘cha" tamoyili asosida mahalla ko‘chalarini tungi vaqtlarda yoritish, har bir ko‘chaning kirish va chiqish qismiga avtotransport vositalari davlat raqamlari va shaxsni aniqlay oladigan zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlarini kuchaytirish tushuntirildi.