Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-443-sonli qaroriga binoan, har payshanba kuni "Jismoniy tarbiya va sport kuni" sifatida belgilanishi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportni ommalashtirish yoʻlidagi muhim qadamdir. Ushbu qaror nafaqat yoshlarni, balki 30 yoshdan oshgan aholining ham sport bilan muntazam shugʻullanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Uychi tumani 1-sport maktabida mazkur kun munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar bunga yorqin misol boʻla oladi. Tadbirlar doirasida ishtirokchilar “Salomatlik uchun 5 ming qadam” yurish mashqi, skandinavcha yurish va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarida faol ishtirok etishdi.
Ushbu saʼy-harakatlar aholining sogʻligʻini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.






