Tadbir Uychi tumanidagi MMTBga qarashli maktablar direktorlari ishtirokida o‘tkazildi. Unda institut rektori Qurbonali Xoliqov mehmonlarni samimiy kutib olib, institutning faoliyati va imkoniyatlarini bilan tanishtirdi. Institutning birinchi prorektori Jamshidbek Yuldoshev mehmonlarga institutning rivojlanish strategiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅Tadbir davomida mehmonlarzamonaviy ta’lim va amaliyot imkoniyatlari, talabalarga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy jihozlar, dizayn studiyalaridagi ijodiy ishlar, ilmiy laboratoriyalardagi tajribalar va texnoparkdagi innovatsion loyihalarni ko‘zdan kechirdilar.
Maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, dual ta’lim tizimini joriy etish va oliy ta’limga tayyorlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Namangan to'qimachilik sanoati instituti matbuot xizmati






