Yaponiyaning "Shimizu Corporation" qurilish kompaniyasiga tegishli obyektlarda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz diqqatiga!

Taklif etilayotgan ish turi:▪️opolubshik;▪️suvoqchi;▪️gidroizolator.

⏺️ish o‘rinlari, boshlanishiga: 11 ta⏺️maoshi: 150.000 JPY (1000 $ atrofida qo‘liga tegadi, ovqatlanish o‘z hisobidan, oylik oshib boradi va qo‘shimcha ish uchun ustama haq to‘lanadi)

Talablar:▪️18-35 yoshdagi erkaklar;▪️Yaponiyaga kirishga ta’qiqi bo‘lmagan;▪️sudlanmagan, jismonan sog‘lom;▪️yapon tilini boshlang‘ich N5 darajada bilish;▪️O‘zbekistondan chiqishga ta’qiqi yo‘q;▪️o‘rta maktab yoki o‘rta maxsus ta’limni yakunlagan;▪️3 yil ishlashga tayyor bo‘lish.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️aviachipta ish beruchi tomonidan (ish haqqidan ushlab qolinmaydi);▪️aeroportdan kutib olish va yashash joyigacha olib borib qo‘yish;▪️sug‘urta (oylikdan ushlab qolish sharti bilan);▪️viza xarajatlari mavjud emas.

Nomzodlar ishga suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 14-15-yanvar kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Toshkent shahridagi "Inno" texnoparki binosida tashkil qilinadi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish (https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=859) (29.12.2024-yil 13-00 dan 03.01.2025-yil 13-00gacha amal qiladi)

⏺️Yana bir qulaylik! Ro‘yxatdan o‘tib saralangan va Toshkentga suhbatga chaqirtirilgan nomzodlarning yo‘l haqqi asoslantiruvchi (chek) hujjatlari bo‘lganida ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi.

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (10) Mirzaev Akbarali(душанба-жума, 9:00-18:00)