Uychi tumanidagi 6 – umumta’lim maktabining 11 – sinf oʻquvchisi Yasmina Egamberdiyeva olti yoshidan karting bilan mustaqil shug’ullanib keladi. 2022 - yil Qozogʻistondagi turnirda birinchi, Malayziyada oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 2- oʻrinni egalladi. Fransiyadagi "FIA motosport games" hamda joriy yilning oktabr oyida Ispaniyaning Valensiya shahrida tashkil etilgan musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilgan. Avtosport va karting milliy federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro toifadafi Oʻzbekiston sport ustasi unvoniga erishgan yosh iqtidor egasi milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hozirda u Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining mamlakat bosqichiga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati






