Istiqlol debochasi, milliy qadr-qimmatimiz tantanasi bo'lgan bu tabarruk kun
barchamizga muborak bo'lsin!Mazkur sana munosabati bilan Uychi tumani XTBga qarashli 31-maktabda "Ona tilim - qadr-qimmatim" deb nomlangan bayram tantanasi nishonlandi. Unda tilimiz tarixi va taraqqiyoti aks ettirildi. Anjumanda maorif faxriylari, Uangichek MFY faollari, ota-onalar ishtirok etdilar. Sanaga bag'ishlangan ijoqiy tanlovlar g'oliblari rag'batlantirildi. O'zbek tili va aqabiyoti oyligining eng jo'shqin tadbirini tayyorlash va o'tkazishda Sh.Qodirova, S.Qayumova, S.Yunusova, MMIBD o'rinbosari O.Tursunov faollik ko'rsatdilar.






