📗O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF–80-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Uychi tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY xodimlari tomonidan tumandagi "Ovchibuloq" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.❇️ Tadbir davomida fuqarolarning bir necha turdagi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. ✔️ Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida odamlarning murojaatlari o‘rganildi.✔️ Shu bilan birga "mahalla yettiligi" bilan hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.