Uychi tumanidagi 39 – maktabda tashkil etilgan mazkur tadbirda hududdagi ota – onalar, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Qolaversa, maktab formalarining belgilangan standartlar asosida tayyorlanishi, matolar sifati, bichimi, rangi, tikilish uslublari, turli yosh, bo‘y va vaznga ega o‘quvchilarga mosligi xususida ishtirokchilarga jonli misollar yordamida zarur ma’lumotlar berib o‘tilib, narx borasida ham qulay bo‘lishiga e’tibor qaratildi. Ota-onalar hamda o‘quvchilarning taklif va istaklariga muvofiq, tayyorlangan maktab formalari ularga manzur bo‘lib, shu joyning o‘zida 500 dona xarid qilindi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati