Uychi tumanining fidoyi qizi Begoyim muddatidan oldin grant asosida talaba bo'ldi!

30-iyun "Yoshlar kuni"da o'zining tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan, ko'p yillar davomida sardorlik tizimida faoliyat yuritgan Begoyim Varisova Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida muddatidan avval grant asosida talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, 2024- yil yoshlar uchun beriladigan davlat darajasidagi "Kelajak bunyodkori", "Mard o‘g‘lon" mukofotlari ham ayni ijtimoiy soha rivojlanishidagi qilingan fidoyi mehnatlarning natijasi sifatida Uychi tumanidagi yoshlarga nasib qildi.