Tadbirda bolajonlar yil davomida oʻrgangan kuy, qoʻshiq va raqslarini ota- onalarga hisobot tarzida ijro etib, oʻz iqtidorlari va olgan bilimlarini namoyon qildilar. Bayramda bolajonlar bilan birga, pedagog xodimlar ham turli sahna koʻrinishlarini ijro etib, tarbiyalanuvchilarni hursand qildilar. Qaldirgʻochlar turli hil nominatsiyalar boʻyicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Hammamiz ularga oq yoʻl tilab, oʻqishlarida muvaffaqiyatga erishishlariga tilakdoshmiz. Tarbiyalanuvchilarni milliy uslubda kiyinishlari uchun yaqindan yordam bergan koʻngilli ota-onalarimizdan biri tikuvchi Dilrabo Dedaxonovaga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.M. IsmatovaDMTT direktori.






