👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) (https://my.gov.uz/oz/service/517) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:Jismoniy shaxslar

🏛Vakolatli organ:O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSh ShIR ma’lumotlari);➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;➖arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;➖so‘ralayotgan arxiv hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (hujjat nomi, hujjatning mazmuni (batafsil ko‘rsatilishi lozim), qaysi organ tomonidan qabul qilingan (imkon qadar), sanasi va raqami (imkon qadar), qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).

📃Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda ishonchnoma, vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda vorislik haqidagi guvohnoma, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat, so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa), chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:🔹Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha mavzuli so‘rovlarni bajarish, turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash, mulkiy huquqlarni aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish (bir shaxs uchun)➖1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining (https://lex.uz/ru/docs/-6665682#:~:text=bazaviy%20hisoblash%20miqdori%20%E2%80%94%20oyiga%20340%20000%20so%E2%80%98m%3B) 0,5 baravari

🔹Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish➖1 ta ma'lumotnoma - Bazaviy hisoblash miqdorining (https://lex.uz/ru/docs/-6665682#:~:text=bazaviy%20hisoblash%20miqdori%20%E2%80%94%20oyiga%20340%20000%20so%E2%80%98m%3B) 1 baravari

🔹Davlat xizmati tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilganda mazkur bandlarda belgilangan miqdorda 50 % qo‘shimcha haq undiriladi.

(https://lex.uz/ru/docs/-6665682#:~:text=bazaviy%20hisoblash%20miqdori%20%E2%80%94%20oyiga%20340%20000%20so%E2%80%98m%3B)📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:20 ish kuniDavlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish — 2 ish kuni

Asos:  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori (https://lex.uz/docs/-6671844)

Sherzodbek Ummataliyev,Uychi tumani adliya bo'limi DXM yetakchi mutaxassisi.