Uychi tumanida barpo etilayotgan Norin gidroelektr stansiyalar kaskadi qurilishi hududida NamMQI talabalarining “Oʻzbekgidro” rahbaryati bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Institut jamoasini Uychi tumani hokimi Shuhrat Musayev kutib oldi.

“Oʻzbekgidro” boshqaruv raisining oʻrinbosari Surayyo Poʻlatova, kadrlar boʻlimi boshligʻi Inoyat Sunnatov 60 ta GESni oʻz ichiga olgan, istiqbolli karyera va yuqori maoshlar taklif etayotgan jamiyat haqida batafsil maʼlumot berdi.

Jamiyat kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi Muhammad Otaxonovning taʼkidlashicha, hozirda jamiyat tomonidan yana 25 ta stansiya qurilishi ketmoqda, Norin GESlar kaskadi ulardan biri. NamMQI talabalari bu yerda amaliyot oʻtashi, kelgusida esa faoliyatini boshlashi mumkin.

NamMQI rektori Sharifjon Ergashev institut talabalariga ishonch uchun tashakkur aytib, oliy oʻquv yurti va jamiyat oʻrtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.