1-iyundan Hujjatlarni onlayn topshirishingiz mumkin. Agar maktabingizda imtihon uchun hujjat topshirishga qiynalsangiz, Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga kelsangiz, yordam beramiz.
Qabul vaqti 9:00 dan 15:00 gacha va bepul tarzda amalga oshiriladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsadimiz, sizlarga qulaylik yaratish.
Qabul jarayonlariga, hujjat topshirishga yordam berish maktabimiz jamoasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Qabul jarayonlari 20 iyunga qadar davom etadi.
✅Kerakli hujjatlar:➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;➖ Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan holatda)➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); (3x4 rasmi elektron holatda, telefoningizda boʻlishi shart)➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan kelsangiz, onlayn hujjat topshirishga yordam beramiz.






