📚 “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” to’g’risida”
🔗 Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — murojaat etuvchilar) vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga “Apostille” maxsus shtampini (keyingi o‘rinlarda — apostil) qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.🔗 Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun vakolatli organga o‘zi kelgan holda murojaat etadi. Murojaat etuvchi o‘rniga ishonchnoma asosida harakat qilayotgan uchinchi shaxslar ham murojaat etishlari mumkin.
📕 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq davlat xizmati quyidagi organlar tomonidan ko‘rsatiladi:📍 adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;📍 sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sud;📍 prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuratura;📍 ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;📍 boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligi.
❇️ Apostil:❗️ chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;❗️ tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;❗️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.
✍🏻 Uychi tuman adliya bo’limi DXM yetakchi mutaxassisi O.Otaxanov






