Mamlakatimizda ekologiya tizimini barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada prezidentimizning ko‘plab qaror va farmonlari, davlat dasturlari qabul qilindi.

Bugun Namangan viloyati IIB tashabbusi bilan Uychi tumani "Dehqonobod" mahallasi hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligining 5 gektardan oshiqroq yer maydoniga 8.000 tup turli xil manzarali ko‘chatlar ekildi.

Unda Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, o‘rinbosarlar, soha xizmat rahbarlari, boshqarma shaxsiy tarkibi va Uychi tumani IIB xodimlari jami 200 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.

Maʼlumot uchun ushbu o‘rmon xo‘jaligi yer maydoniga10 mingdan ortiq ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 8 mingga yaqin ko‘chat ekib bo‘lindi.