✒️ Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining, shuningdek, davlat yordamining raqobatga ta'sirini baholash tartibini belgilaydi. 💼 Vakolatli organ - O'zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi. 💻 Davlar yordami - davlat tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va erosti boyliklardan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida berish. ⌨️ Raqobatga ta'sirini baholash - normativ - huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita cheklash ehtimolini aniqlash va baholash. 📑 Raqobatga ta'sirini baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar hamda moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tegishli choralar ko'rish maqsadida baholanadi. Ushbu haqda Uychi tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi O.Otaxanov ma'lumot beradi.






