✅Joriy yilda ham mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida Namangan viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, tuman (shahar) hokimliklari, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda «Mirzo Ulug‘bek vorislari» respublika tanlovining tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazib kelinmoqda.

✅Shu munosabat bilan joriy yilning 5-11-mart kunlari Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin va Uchqo'rg'on tumanlarida tanlovning tuman bosqichlari ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tanlovda hududlardan IQ-testdan muvaffaqiyatli o‘tgan 80 nafarga yaqin yoshlar o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.

✅Tanlovning 1-bosqichi natijalariga ko‘ra, 4 ta hududdan 5 nafardan ishtirokchilar komissiya a’zolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun navbatdagi tanlov 12-mart kuni Uychi tumani 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tadi.