Uychi tuman hokimining o‘rinbosari Abror Sobirov bilan Namangan sardorlari uchrashib, tumandagi maktab, sinf sardorlari faoliyati, tuman Sardorlar Kengashi faoliyatini yanada rivojlantirish, ularga har tomonlama ko‘mak berish, taklif, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashilgan edi.
Bugun mana shu uchrashuv ijrosi sifatida 29-maktab sardorlari bilan yaqindan muloqot qilindi.
Muloqot davomida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi Azizbek Toshmatov, tuman hokimining o'rinbosari Abror Sobirovlar tomonidan sardorlar uchun kerakli maslahatlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting, yangiliklar hali oldinda






