Uychi tumanidagi 10-maktabda “O‘quvchi davomati - ta'limda  muhim masaladir” mavzusida ota - onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda maktab direktori F.Urinboev, MMIBDO’ K.Azizov, Muborak  MFY raisi R.Rahmatullaev, Oqtosh MFY raisi G.Azizova, Muborak MFY profilaktika inspektori U.Rahimov, tuman Milliy gvardiya xodimi, podpolkovnik A.Nuriddinov, ota-onalar qo’mitasi raisi SH.Rizzaeva, maktab pisixologi F.Abdullayeva, O’IBDO’ M.Faxriddinova, MFY yoshlar yetakchisi  ishtirok etdilar.

Muloqotda bugungi kunda ta'lim sohasida bo'layotgan o'zgarishlar, yoshlar o'rtasida jinoyatchilik ortib borayotgani, buning sababini ayrim ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligi, majburiyatlarni to'liq bilmasliklari, darslarga o'quvchilarning sababsiz dars qoldirishlari, darsga o'z vaqtida kirmasliklari, ta'lim  maskaniga kech kelishi buyicha gapirilib, vazifalar belgilab olindi.