Uychi tumanidagi 46-son madaniyat markazida xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’atini keng targ‘ib etish, uning o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish yo‘lida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "San'atimda yashaydi meros qo'shiqlar" nomli madaniy-musiqiy dam olish konserti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek milliy maqom san'ati markazi Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatildi.