29-YANVAR KUNI “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlariga Uychi tuman IIB boshlig‘i F.Mirzayev tomonidan xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Xizmatga jalb qilingan IIB xodimlarga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, tungi vaqtda jamoat joyi va turli ko‘ngilochar maskanlarda maqsadsiz yurgan shaxslarni aniqlash, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, avtomashinalarni qarovsiz qoldirmaslik, jamoat tartibi hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazishga kirishildi.






