🔗 Ushbu ma’muriy reglament jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini (sotish va boshqarish vakolatini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqisiz) boshqa shaxslarga berish bo‘yicha ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
🖇 Ushbu reglament asosiy ishonchnoma (sotish va boshqarish vakolatini boshqa shaxsga o‘tkazish huquqi bilan berilgan ishonchnoma) asosida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
🖇 Avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXPdan foydalangan holda, o‘zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) ma’lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra bir oy, olti oy va uch yil muddatgacha beriladi.
🖇 Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo‘lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
O.Otaxanov, 📝 Uychi tumani Adliya bo’limi DXM yetakchi mutaxassisi.






