Uychi tumani hokimligi binosida tuman hokimi SH.Musayev tuman ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-fevral kungi Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida bergan topshiriqlariga asosan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Unda mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, tuman markaziga radar o‘rnatish, ko‘chalarning kirish va chiqich qismlarini kameralashtirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Tuman hokimi 6 nafar profilaktika inspektori xizmat xonasiga mahallada o‘rnatilgan kameralarni integratsiya va nazorat qilish uchun televizor o‘rnatib berishini bildirdi.
Mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirush va qizil toifadan chiqarish uchun birgalikda ish tashkil qilish vazifasi yuklatildi.







