Uychi tumanidagi 33- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining "Bilimdon" nomli 2- katta guruh tarbiyachisi Husnida Omonova "Qishki o'yin-kulgular" mavzusida ochiq mashg'ulot o'tdi.
Mashg'ulotni tarbiyachi o'yin tarzida juda ham qiziqarli olib bordi va bolalarga tushintirdi. Bolalar "San'at markazida", " Bayram tortini" " Ilm-fan va tabiat markazida " "Qor va uni yog'ishi ", "Til va nutq markazida" "Qish" fasli haqida hikoya tuzish, "Qurish, yasash va matematika markazida", "Sirpanchiq" qurish kabi topshiriqlarni bajarib, o'z qobilyatlarini namoyon qildilar.
Barcha bolajonlar guruh tarbiyachisi hamda tashkilot direktori H. Bekmirzayeva tomonidan rag'batlantirildi.







