📎Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish, «Har bir fuqaro — e’tibor markazida» tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 31 avgust 2023 yil kuni 435-sonli qaror qabul qildi.
📎Mazkur Reglament davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmatlari) joyiga chiqqan holda maxsus texnik qurilmalar (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) (keyingi o‘rinlarda — maxsus texnik qurilmalar) yordamida ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborish tartibini belgilaydi.
📎Ushbu Reglament milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
📎Davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) Aloqa markaziga yoki uning rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda — «Call-markaz» yoki rasmiy veb-sayt) murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.
📎Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun «Call-markaz» yoki rasmiy veb-sayt orqali murojaat qiladi.
📎«Call-markaz» orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.
📎Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.
📎Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti vakolatli organning ish vaqti doirasida belgilanadi.
📎«Call-markaz»ning mas’ul xodimi ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) to‘g‘risida ma’lumot beradi.
📎Ariza beruvchi so‘rovnomada ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko‘rsatishda talab etiladigan barcha hujjatlarni (ma’lumotlarni) tayyorlab qo‘yishi lozim.
📎So‘rovnoma shakllantirilib, so‘rovnomadagi tegishli ma’lumotlar ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng uning mobil telefon raqamiga mazkur Reglamentning 4-bandida belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirish uchun invoys avtomatik ravishda yuboriladi.
📎Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan vaqtning o‘zida so‘rovnoma vakolatli organga avtomatik ravishda yuboriladi.O.Otaxonov, 🖌Uychi tuman Adliya bo'limi DXMyetachi mutaxassisi






