O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi.
Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat boʻlishi mumkin.Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham madhiya hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi ham o'z masdhiyasiga ega va Davlat Madhiyasi O'zbekiston Respublikasi ramzi hisoblanadi.






