15- noyabrdan 15- dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" munosabati bilan, Ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tashabbusi bilan Namangan viloyatida joylashgan Ikkinchi mintaqaviy hudud, 6-son tergov hibsxonasida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Uychi tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan hamkorlikda ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda hibsxonada xizmat qilayotgan xodimlar va u yerda saqlanayotgan maxsus kontingentga ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti davomida favqulodda holatlar, ya’ni yong‘inlar sodir bo‘lganda, qay tartibda harakatlanish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.
Bu kabi tadbirlar reja asosida o’tkazilmoqda.
Namangan FVB Axborot xizmati






