Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq
66-sessiyasini chaqirish toʼgʼrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga muvofiq
QАROR QILАMАN:
- I. Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 66-sessiyasi 2023-yil 31-oktabr kuni soat 10-00 da tuman hokimligining katta majlislar zaliga chaqirilsin.
- II. Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 66-sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Uychi tumani sektor rahbarlarining tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan hisobotlari haqida.
- Jinoyat ishlari boʼyicha Uychi tuman sudi, Uchqoʼrgʼon tumanlararo iqtisodiy sudi, Fuqarolik ishlari boʼyicha Uchqoʼrgʼon tumanlararo sudi raislarining axboroti toʼgʼrisida.
- Uychi tumani adliya boʼlimi boshlig`ining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʼllash amaliyoti holati toʼgʼrisida axboroti haqida.
- Tuman ichki ishlar boʼlimi boshligʼi oʼrinbosarining jamoat xavfsizligi haqidagi hisoboti.
- Uychi tuman tibbiyot birlashmasi boshligʼining sogʼliqni saqlash tizimida 2023 yil oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar toʼgʼrisidagi hisoboti haqida.
- Uychi tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
- 7. Boshqa masalalar.
Tuman hokimi Sh.Musayev






