Maktab va maktabgacha ta'lim tizmidagi xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas'ul xodimlar va tizim qoravullari ishtirokida hudud xavfsizligi va osoyishtaligini ta'minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda har bir texnik xodimlarning bugungi kun talablaridagi vazifalari hamda majburiyatlari eslatib o‘tildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari Abror Sobirov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Nasriddin Sayfiddinovlar galdagi vazifalarni tushuntirib, mehnat faoliyatida faol ishlayotgan mas'ullar va qoravullarni rag‘batlantirishdi.






