Davlatimiz rahbarining hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash orqali aholining osuda hayotini taʼminlashga qaratilgan topshiriqlarining ijrosini ta‘minlash maqsadida Uychi tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
25 sentabr kuni Namangan viloyati prokurori o'rinbosari D.Umaraliyev, Uychi tumani prokurori A.Tuxtasinov, ruman IIB boshlig'i , podpolkovnik F.Mirzayev tomonidan IIBning barcha sohaviy xizmati xodimlari, milliy gvardiya qo‘riqlash bo`limi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga tungi xizmatoldi yo'riqnoma o'tkazilib, xizmatga jalb etildi.
Maqsad - Uychi tumanini "Havfsiz hudud"ga aylantirish.






