Uychi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan yangi 2023-2024 o'quv yili boshlangani munosabati bilan "Buyuk kelajakka "Barkamol avlod" shiori ostida musiqali targ'ibot dasturi "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unga viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari N.Ishmuhammedova ishtirok etdi.
2023-2024 o'quv yiliga xonalarning Mustaqillik darsiga tayyorgaligi ko'zdan kechirildi.
Tadbirda ko'rgazmalar yarmarkasi, konsert dasturi hamda targ'ibot, tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini oshirish va yangi o'quv yilida munosib faoliyat olib borib, o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini maqsadli tashkil etishdan iborat.
Uychi tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi axborot xizmati.






