"Bilimlar kuni" bayrami respublikamiz qatori bizning Uychi tumanida ham keng nishonlandi.

Har bir maktabda bugun bilim olishga shoshgan bolajonlar shodligi cheksiz. 37-maktabga ham bu yil 65 nafar birinchi sinfga o‘quvchi yoshlar qabul qilindi. O‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi o‘rinbosari Abror Sobirov ishtirok etib, barcha tashrif buyurgan mehmonlar va bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Ilk mustaqillik darsida 11-sinf o‘quvchilari uchun ustozlikni o‘z zimmasiga olgan holda mahorat darsi tashkil etildi.