🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining o'ziga xos loyhasi sifatida o'z ishini boshlagan "Qizlar ovozi" klubi hududlarda faoliyatini yo'lga qo'yish uchun davomli ishlar olib bormoqda.
✅ Mahalladan respublikagacha qizlarni qamrab olishni oldiga maqsad qilgan klub o'zning rejalariga binoan endilikda mahallalar qizlari davrasida o'zining xayrli ishlarini ilgari surmoqda.
📌 Uychi tumanida joylashgan Jiydakapa mahallasida bo'lib o'tgan saylov ham mana shunday ilg'or maqsadlar ijrosi bo'ldi.
🔆 Ushbu saylovda Uychi tuman "Qizlar ovozi"ning yangi klubi faoliyati yo'lga qo'yildi. Hamda mahalla koordinatorlari tayinlandi.






