Bugun 1 avgust kuni tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari boshchiligidagi yig‘ma otryad “qizil” toifaga kiritilgan “Balandariq” mahallasida bo‘ldi. Mahallada 628 xonadon, 985 oilada 3528 nafar aholi istiqomat qiladi. O‘rganish davomida aholi vakillari bilan muloqot qilindi. Hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq va boshqa murojaatlar tinglandi.

Savdo obektlari, aholi xonadonlari, ko‘cha va jamoat joylari, mahalla aholisi o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning umumiy hamda viktimologik profilaktikasi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ushbu mahallada alohida toifaga olingan, nizoli va notinch bo‘lgan oilalar tayanch punktida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Bundan tashqari ushbu mahallada yashovchi profilaktik hamda probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.