Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 iyundagi 346-sonli farmoyishiga asosan tumanda ham bir qator ko‘chalar dastur asosida asfaltlandi.
Xususan, Uychi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi say- harakatlari va tajribasi bilan tumandagi Ezgulik, Xizirobod, Obod, Cho‘rtuk, Islomobod, O‘nhayat, Mirzarovot mahallalarining ichki ko‘chalari asfaltlandi.
Yangi asfaltlangan yo‘llardan foydalanayotgan aholi bu ishlardan xursand bo‘lib, silliq yuzada avtomobilni haydash va piyoda yurish ancha qulay bo‘lganini e’tirof etishdi.
Umuman olganda, qaror asosidagi asfalt yotqizish loyihasi nafaqat Namangan, balki respublikaning barcha hududlaridagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash uchun katta qadamdir va aholi bundan xavfsiz qatnov qulayligini kutishlari mumkin.






