Assalomu alaykum, aziz va qadrli tumanimizning fidoyi, shijoatli, tashabbuskor, izlanuvchan yoshlari!
Sizlarni 30-iyun - " Yoshlar kuni " bilan muborakbot etaman !
Muhtaram Prezidentimizning Siz, yoshlarga bo'lgan alohida e'tibori, g'amxo'rligi natijasida har yili 30-iyun mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bugungi kunda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilib kelinayotgani kelajagimiz egalariga qaratilayotgan ishonch va imkoniyatlarning isbotidir.
Sizlarga mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlashda, yurtimizga munosib farzand hamda jahon miqyosidagi raqobatbardosh, yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlaringizda zafarlar tilayman.
Tumanimizning ertangi kun egalari, Sizlarni yana bir bor “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad tilayman!






