Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida jami 10 nafar fuqaro ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 15 ta murojaat qabul qilindi.

Murojaatlar mahalla ichki yoʻllarini asfalt qilish, elektr simyogʻochlari va transformatorlarni yangilash, bepul davolanish, moddiy yordam olish hamda boshqa masalalarda kelib tushdi.

Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar masʼullarga biriktirildi, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Rahbariyat tomonidan joylarda aholi muammolarini oʻrganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi amaliy ishlar davom etmoqda.