3-sektor rahbari Furqat Mirzayev tuman IIBning majlislar zalida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda 3-sektor hududidagi ogʻir toifaga kiritilgan yoshlarga biriktirilgan tuman miqyosidagi tashkilot hamda muassasa rahbarlari ishtirok etdi.
Biriktirilgan masʼul rahbarlarning ogʻir toifaga kirgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammosini oʻrganib, hal etish, yoshlar bilan madaniy dam olishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari boʻyicha qilingan ishlari tahlil qilindi.
Yigʻilish soʻnggida masʼul rahbarlarga “Yoshlar oyligi” davomida koʻngilochar tadbirlarni koʻpaytirish, “besh tashabbus” olimpiadasini oʻtkazish, shu bilan birgalikda uyushmagan yoshlar ishtirokida turli xil sport musobaqalari va koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.






