5-maktabda "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "E'zoz va ehtirom" nomli ma'naviy - ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.Unda Uychi tuman hokimining o'rinbosari A.Sobirov, Respublika ma'navitat  va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari E.Yunusova, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i M.Mo'minov, tuman IIB profilakrika inspektori X.Qirg'izov, Xizirobod hamda Mustaqillik MFYlari raislari va yoshlar yetakchilari, maktabda ishlab hozirda nafaqada bo'lgan barcha faxriylar ishtirok etdilar.Kelgan mehmonlar dastlab maktabda tashkil etilgan 'Xotira"maydonini ko'rdilar va xotira kuniga bag'ishlab tayyorlangan rasmlar ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Tashkil etilgan bu muzey barcha ishtirokchilarga manzur bo'ldi. Ko'rgazmadan so'ng mehmonlar uchun badiiy tadbir namoyish etildi.Tadbirda teatr to'garagi o'quvchilarining urush davrini eslatuvchi  sahna ko'rinishlari, musiqa to'garagi a'zolari tomonidan ijro etilgan raqs va qo'shiqlar barchaga birdek manzur bo'ldi.

M.Nuriddinova,Maktab MMIBDO'