Uychi tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Furqat Mirzayev tomonidan ham ezgu tashabbusga qo‘l urilib, xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida vafot etgan xodim, mayor Dilshodbek Boboyevning oila aʼzolari uyida iftorlik dasturxoni yozildi.
🔹Mahalladagi nuroniylar, Dilshodbek Boboyev bilan birga ishlagan hamkasblari va boshqa isteʼfodagi xodimlar iftorlik dasturxoniga taklif etildi. Qurʼon tilovat qilinib, o‘tganlar haqqiga duolar o‘qildi.
🔹Ushbu dasturxon atrofida ichki ishlar organlari faxriylari va xodimlari jam bo‘lishdi.
🔹Bu kabi xayriya iftorliklari xizmat vaqtida halok bo‘lgan barcha xodimlarning xonadonlarida navbatma-navbat tashkil etilishi rejalashtirilgan.






