Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiladi.Davlat xizmati foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali murojaat qilinadi.Yo‘llanmalar umumiy soni sanatoriylarning mavjud o‘rinlari hamda tegishli moliya yilida Davlat budjetidan yo‘llanmalar uchun maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida belgilanadi.Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;yoshga doir pensiya oluvchilar mazkur xizmatdan foydalangan holda sanatoriylarda davolanish imkoniyatiga ega.Muxiddin Siddiqov, Uychi tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi