📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2022 yildagi PQ-415-son qarori bilan 2022-yil 1-dekabrdan boshlab tijorat tashkilotlari faoliyatiga oid quyidagi talablar bekor qilinsin:🔰 a) quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish: 📎 mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno; 📎 aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo‘lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;🔰 b) mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;🔰 v) mas’uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;🔰 g) mas’uliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash.Javohir Ahmadjonov,






