Ma’lumki, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 253-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 6-bandida tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining boshliqlari har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 4-chorak davomida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi axborot ixtiyoringizga havola qilinmoqda.
- I. DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING NORMA IJODKORLIGI FAOLIYATI BO‘YICHA:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish yohud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish tuman adliya bo‘limlarining asosiy vazifasi etib belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqasadida tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligining qarorlari va farmoyishlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashlarining qarorlarini “E-Qaror” elektron dasturi orqali monitoring tartibida o‘rganish amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2022-yil 4-chorak davomida tuman hokimi tomonidan jami 1231 ta (shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etish sohasida 356 ta, o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish sohasida 38 ta, mahalliy byudjetni tasdiqlash sohasida 1 ta, vasiylik va homiylik tayinlash sohasida 13 ta, boshqa sohalar bo‘yicha 823 ta) qaror hamda 182 ta farmoyish qabul qilingan.
2022-yil 4-chorak davrida Uychi tuman hokimi tomonidan 7 ta hamda xalq depututlari Uychi tuman Kengashi tomonidan 1 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror qabul qilindi.
Jumladan, tuman hokimining 2022-yil 30-noyabrdagi “Uychi tumanida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini maxsus ajratilgan joylarda sotish tartibi to‘g‘risida”gi 696-6-86-Q/22 -sonli normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 29-noyabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Shuningdek, tuman hokimining 2022-yil 3-dekabrdagi “Uychi tumanida dam olish kuni yarmarkalarini o‘tkazish joyi va muddatlari to‘g‘risida”gi 699-6-86-Q/22 -sonli normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 1-dekabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Shuningdek, tuman hokimining 2022-yil 14-dekabrdagi “Uychi tumanida uy va turar joyning inventar yig‘ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko‘chirmalar va nusxalar berish tartibi to‘g‘risida”gi 710-6-86-Q/22 -sonli normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Shuningdek, tuman hokimining 2022-yil 28-dekabrdagi “Uychi tumanidagi tabiiy pichanzor va yaylovlarda pichan o‘rish normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 734-6-86-Q/22 -sonli normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 26-dekabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Shuningdek, tuman hokimining 2022-yil 30-dekabrdagi “Uychi tumanida hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 737-6-86-Q/22 -sonli normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 30-dekabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosa berildi.
Yuqoridagi hokim qarori loyihalari qabul qilinishi tuman miqyosida olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra adliya bo‘limining huquqiy maslahatlari va tegishli tavsiya hamda uslubiy ko‘maklari asosida amalga oshirildi.
Bundan tashqari, xalq deputatlari tuman Kengashining “Namangan viloyatining Uychi tumanining 2023 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy tusdagi qarori tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022-yil 30-dekabr kuni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganda, qaror loyihasi qabul qilinishiga tuman hokimining taqdimnomasi asoslardan biri etib belgilanmaganligi va ilova qilinmaganligi sababli e’tirozlar bilan xulosa berildi.
Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga ko‘ra viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish xalq deputatlari tuman Kengashining asosiy vakolatlaridan biri etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘1 harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishda bo‘lgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 32-bandiga asosan, texnik ko‘rikni o‘tkazish jadvali . va uni o‘tkazish bo‘yicha kelgusi yil uchun komissiya tarkibi har yili 15-dekabrgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlaming tegishli tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Shunga ko‘ra 2022-yilning 14-noyabr kuni Uychi tuman hokimligiga “Uychi tumanida 2023-yil uchun transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigini o‘tkazish jadvali va komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hokim qarorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatda qabul qilishni so‘rab taqdimnoma kiritilgan bo‘lsada, qaror loyihasi “E-Qaror” elektron dasturi orqali bir qator kamchiliklar bilan taqdim etilganligi sababli, dasturdan rad etildi. Kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng qaror loyihasiga bo‘lim tomonidan ijobiy xulosa berildi.
2022-yil 4-choragi davomida “E-Qaror” elektron dasturi orqali monitoring o‘tkazilganda quyidagilar aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 390-son qarorining 3-bandida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlarini faqat «E-qaror» elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish (chiqarish), ro‘yxatga olish va e’lon qilish jarayonlarining doimiy monitoringini olib borish vazifasi belgilangan.
Monitoring davomida quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, Uychi tuman hokimining 2021-yil 7-oktyabrdagi 283-6-86-Q/21-sonli qarori bilan Uychi tumani hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan 5 va 6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha 3, 7, 12, 16, 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 ta, 4, 9, 11, 20, 21, 22, 25, 29, 31, 33, 36, 42-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 ta, 5, 18, 26, 30-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 ta, 2, 8, 35, 37, 38, 39, 44-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 4 ta, 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 ta, 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 7 ta, jami 81 ta majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etishga ruxsat berilgan.
Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga asosan, majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligining tegishli topshirig‘i kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur nizomda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etish bo‘yicha hokim qarori qabul qilinishi lozimligi belgilanmagan.
Bundan tashqari, Uychi tuman hokimining 2022-yil 4-oktyabrdagi 597-6-86-Q/22-sonli qaror bilan Namangan mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK buyurtmachiligi asosida Uychi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan bajarilgan Fayziobod mahalla fuqarolar yig‘inining Do‘stlik, Bog‘ va O‘qituvchi ko‘chalarida jami 3.4 kilometrni tashkil etuvchi beton qoplamali ichki yo‘llar obyektini foydalanishga qabul qilish yuzasidan tayyorlangan ishchi guruh dalolatnomasi tasdiqlanib, mazkur ichki yo‘llar obyekti foydalanishga qabul qilingan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari”ning 33-qatorida qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi (qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish) bo‘yicha ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ tumanlarning (shaharlarning) qurilish bo‘limlari ekanligi belgilangan.
Shuningdek, Shaharsozlik kodeksining 32-moddasi 2, 3, 7-qismlariga asosan, davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq qurilishi tugallangan obyektlarni, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan davlat qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda komissiya ishida buyurtmachi, ishlab chiquvchi va pudratchining vakillari majburiy tarzda ishtirok etishi kerak.
Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida imzolanadigan, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya tuzilgan hollarda, qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi komissiya a’zolari, buyurtmachi, ishlab chiquvchi, pudratchi hamda texnik va mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga topshirish hududiy inspeksiya tomonidan qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berilishi orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ning 3-bandiga asosan, qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan ruxsatnomasiz foydalanish taqiqlanadi.
Mazkur Reglamentning 4-bandiga asosan, qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibotiga ko‘ra:
qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar hamda 300 metr kubdan ortiq bo‘lgan noturar bino va inshootlardan (II, III, IV toifalardagi ob'ektlar) foydalanish uchun ruxsatnoma beradilar;
tuman (shahar) qurilish bo‘limlari qurilish-montaj ishlari tugallangan ikki qavatdan yuqori bo‘lmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq bo‘lmagan noturar bino va inshootlardan (I toifa obyektlar) foydalanish uchun ruxsatnoma beradilar;
sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) bo‘limi va tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo‘limi II, III, IV toifalardagi obyektlardan foydalanish bo‘yicha xulosa beradilar;
ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari ko‘p kvartirali uylarni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlarining loyiha hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tegishli xulosa beradilar.
Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish etish maqsadida tuman hokimligiga tegishli taqdimnomalar kiritilib, Uychi tuman hokimining 2021-yil 7-oktyabrdagi 283-6-86-Q/21-sonli hamda 2022-yil 4-oktyabrdagi 597-6-86-Q/22-sonli qarorlari bekor qilindi.
Tuman hokimligi va xalq deputatlari Kengashi mas’ullaridan umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan normativ-huquqiy tusdagi hujjatlarni qabul qilishda albatta ularni adliya organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazishlarini va qarorlarni qabul qilish hamda e’lon qilishda tuman adliya bo‘limi tomonidan berilgan zarur huquqiy maslahatlarga rioya qilishlarini so‘rayman.
- DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA HUQUQNI QO‘LLASH AMALIYOTINING XOLATI BO‘YICHA:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandida davlat boshqaruvining tegishli sohalarida islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va o‘rganish, natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlash adliya organlarining asosiy funksiyalaridan biri etib belgilangan.
Mazkur funksiyalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022-yilning 4-choragi davomida bo‘lim tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish sohasida jami 4 ta o‘rganish o‘tkazildi, so‘rov yo‘li bilan olingan ma’lumotlar asosida 14 ta monitoring o‘tkazildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 27-sentyabrdagi topshiriq xati hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 8-1/696-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Uychi tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 963-son qarori ijrosi ahvoli yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomning (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb yuritiladi) 9-bandiga ko‘ra, Yangi yil, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kunlari uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanishi belgilangan.
Biroq, Nizomning ushbu bandi talablari asosida xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlar to‘lab berilmagan.
Bundan tashqari, Nizomning 11-bandiga asosan xodimlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, Nizomning 14-bandi talablari bo‘yicha xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi, Nizomning 14-bandi talablari bo‘yicha xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, ushbu mablaglar to‘lab berilmagan.
O‘tkazilgan monitoring yakuni yuzasidan Uychi tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga tegishli ta’sir chorasi kiritilib, qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.
Shuningdek, “Tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Shtab”ning 2022-yilga mo‘ljallangan Dasturining 13-bandida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2018-yildagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmoniga asosan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga har oylik ustama to‘lash ahvoli so‘rov yo‘li bilan monitoring qilindi.
Monitoring davomida Uychi tuman irrigatsiya bo‘limida Do‘sboyev Baxodir Ortiqboy o‘g‘li axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanib, B.Do‘sboyevga 2.464.330 so‘m ish haqi belgilanganligi va 2022-yil davomida 6.916.023 so‘m ustama to‘lanmaganligi, Uychi tuman madaniyat bo‘limida Toshtemirova Gulnoza Odiljanovna axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul hisoblanib, G.Toshtemirovaga 2022-yil davomida 12.265.223 so‘m ish haqi to‘langanligi va 2.633.990 so‘m ustama to‘langanligi, biroq 9.631.233 so‘m ustama to‘lanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son farmonining 7-bandi “g” kichik bandi talablari bo‘yicha davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
O‘rganish davomida mazkur tashkilotlarda aniqlangan qonunbuzilish holatlari tegishli ta’sir choralari asosida bartaraf etilib, xodimlar manfaatlari qanoatlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida Nizom”ning 9-bandida adliya organlariga davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish vazifalari belgilangan.
Uychi tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2022-yil 24-oktyabrdagi 1-11/12-son xabarnomasi va 2022-yil 4-noyabrdagi 1-11/17-son qo‘shimcha axboroti asosida taqdim etilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqilganda quyidagi qonunbuzilish holati aniqlandi.
Xususan, Uychi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Uychi tuman MTB) mudirining 2021-yil 1-avgustdagi 39K-sonli buyrug‘i bilan Uychi tuman MTB maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya chilangar-santexnigi Boxodirov Jobir Zoxidjanovichga 2021-yil 1-avgustdan “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasi yuklanib, uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorda ustama belgilanib, aniqlangan ma’lumotga ko‘ra 3 528 731 so‘m to‘lanishi lozim bo‘lsada, mazkur ustama mablag‘lari to‘lanmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonining 13-bandida 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Biroq mazkur qonunbuzilish holatini bartaraf etish bo‘yicha tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdimnoma kiritilishiga qaramasdan, ustama mablag‘lari to‘lab berilmagandan so‘ng “Sport targ‘ibotchisi” J.Boxodirovga ustama mablag‘larini to‘lab berish yuzasidan sudning qonuniy hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.
Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 25.10.2022 yil kungi 1-11/13-son hamda 1-11/14-son xabamomalariga asosan Uychi tuman sahitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida Uychi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida yuridik tusdagi hujjatlarni qabul qilishda qonunchilik xujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, Uychi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 26.03.2022-yilda bo‘lim mutaxasislari A.Abdullaev, A.Rozikovlami Uychi tuman, Guliston MFYda joylashgan “Uychi Mahliyo Fayz Maskani” MChJga sanitariya nazorati o‘tkazish uchun yuborish to‘g‘risidagi 01/16-sonli buyruq qabul qilingan. Biroq, mazkur buyruq loyihasi Uychi tuman adliya bo‘limining yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan kelishilmagan, yani yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmagan. Shu kabi qonunchilik hujjati talablari buzilishi 28.03.2022-yildaqabul qilingan 01/17-sonli buyruqda ham takrorlangan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorining 6-bandiga ko‘ra, markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlami keltirib chiqarmaydi.
Mazkur qonunbuzilish holatlari yuzasidan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga tegishli ta’sir choralari kiritilib, mazkur buyruqlarni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi “Tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Shtab”ning 2022-yilga mo‘ljallangan Dasturining 15-bandida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizom (keying o’rinlarda Nizom) ijrosi Uychi tuman tibbiyot birlashmasi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi faoliyatida so’rov yo’li bilan monitoring o’tkazildi.
Monitoring davomida quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, Uychi tuman tibbiyot birlashmasida 13 nafar oliy toifali operatsiya hamshiralariga Nizom 9-bandida belgilangan oltinchi razryad bo‘yicha emas, beshinchi razryad bo‘yicha haq to‘lash belgilanganligi, 3 nafar I toifali operatsiya hamshirasiga beshinchi razryad bo‘yicha haq to‘lanishi lozim bo‘lsada, to‘rtinchi razryad bo‘yicha 2,031 tarif koeffitsiyentida, 2 nafar II toifali operatsiya hamshiralariga to‘rtinchi razryad bo‘yicha haq to‘lanishi lozim bo‘lsada, uchinchi razryad bo‘yicha 1,847 tarif koeffitsiyentida, 5 nafar toifasiz operatsiya hamshiralariga uchinchi razryad bo‘yicha haq to‘lanishi lozim bo‘lsada, ikkinchi razryad bo‘yicha 1,679 tarif koeffitsiyentida mehnatga haq to‘lash amalga oshirilayotganligi aniqlandi.
Monitoring yakuni bo‘yicha bo‘lim tomonidan kiritilgan ta’sir chorasi natijasida tuman tibbiyot birlashmasida mazkur xodimlarga haq to‘lashda razryadlarni Nizom talablariga muvofiqlashtirilgan holda haq to‘lab borish hamda xodimlarga to‘lanmagan ish haqidagi farqlarni to‘lab berilishi ta’minlandi. Mehnat qonunchiligi buzilganligi sababli ish beruvchini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rildi.
Monitoring davomida shuningdek, Uychi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi hamshiralarga 2021-yil uchun 10 nafar uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan hamshiralarga 5.180.545 so‘m, 8 nafar uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan hamshiralarga 9.570.674 so‘m, 11 nafar uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan hamshiralarga 24.415.794 so‘m, 16 nafar uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lgan hamshiralarga 51.895.944 so‘m miqdoridagi jami hisobda 91 062 957 s‘om ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Monitoring yakuni bo‘yicha bo‘lim tomonidan kiritilgan ta’sir chorasi natijasida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limida mazkur xodimlarga xodimlarga uzluksiz ish staji uchun to‘lanmagan ish haqlarini to‘lab berilishi ta’minlandi. Mehnat qonunchiligi buzilganligi sababli ish beruvchini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rildi.
Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 1-11/16, 1-11/20 va 1-11/23-son xabarnomalarga asosan Uychi tuman MTBga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tuman tibbiyot birlashmasida yuridik tusdagi hujjatlarni qabul qilishda qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida 2022-yil davomida qabul qilingan 30 ta buyruqlar Uychi tuman adliya bo‘limining yuridik xizmat ko‘rsatish markazida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, deyarli barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2022-yil 1-avgustdan keyin qabul qilingan 4226 ta shartnoma va buyruqlar Uychi tuman adliya bo‘limining yuridik xizmat ko‘rsatish markazida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorining 6-bandiga ko‘ra, markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlami keltirib chiqarmaydi.
Mazkur qonunbuzilish holatlari adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan tegishli ta’sir chorasi natijasida bartaraf etilib, barcha buyruq va shartnomalarni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishga erilildi.
Shuningdek, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2022-yil 30-noyabrdagi 1-11/28-son xabamomasiga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-sonli qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilganda tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2022- yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “Boshqarmada ishchi guruh tashkil etish to‘g‘risida”gi 1-sonli buyruq Yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganligi aniqlanib, ta’sir chorasi natijasida mazkur buyruq bekor qilindi hamda boshqarma boshlig‘i ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, Uychi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 16.11.2022 yildagi 1-11/22-son hamda 22.11.2022 yildagi 1-11/26-son xabamomalari asosida Uychi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida- mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ahvoli yuzasidan monitoring o‘tkazilganda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasida yillik mehnat ta’tillari barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda berilishi, Mehnat Kodeksining 144- moddasida yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yil boshlangunga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlaming boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanishi, ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerakligi, ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi lozim.
Bunda xodimlami mehnat ta’tiliga yuborishda ta’tillar jadvali yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuvi xodim ta’tilga yuborilmasdan buxgalteriya bo’limiga taqdim etilish shart.
Biroq, Uychi tuman 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan xodim L.Asqarova 01.11.2022-yildan mehnat ta’tiliga chiqib ketgan bo‘lsada, mehnat ta’tili berish to‘g‘risidagi buyruq mudira tomonidan 16 kun o‘tib, 17.11.2022 yilda qabul qiiingan.
Shu kabi xato-kamchiliklar 50-MTT xodimi D.Davlatalievaga mehnat ta’til berish, 16-MTT xodimi M.Mamajanova va LQosimovaga ta’til berish, 2-MTT xodimi M.Xaliovaga ta’til berish, 3-MTT xodimi N.Abdullaevaga o‘qish ta’tili berish to‘g‘risidagi buyruqlami qabul qilishda ham takrorlangan.
Bundan tashqari yuqorida kech qabul qilingan buyruqlami birortasi buxgalteriya bo‘limiga ta’til pullami hisoblash va to‘lash uchun taqdim etilmagan. Natijada xodimlarga ta’til pullari Qonunda belgilangan muddatlar berilishi ta’minlanmagan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
Shunday bo‘lsada, 46-MTT xodimi S.Abdullaeva ichki o‘rindoshlik asosida 12.11.2022 yilgacha lavozimi bo‘yicha ishlagan bo‘lsada, u bilan mehnat shartnomasi, muddat tugagandan so‘ng 17.11.2022 yilda rasmiylashtirilgan bo‘lsada, buyruq qabul qilinmagan.
Bundan tashqari ushbu mehnat shartnomasi tuzishda xodimni arizasi va tashkilot uslubchisini bildirgisi asos qilib olingan. Ushbu bildirgi va arizada S.Abdullaevani 01.11.2022 yildan ish boshlashi ko‘rsatilgan bo‘lsada, mehnat shartnomasida ish boshlangan kun 17.10.2022 yil kuni etib belgilangan.
Monitoring yakuniga ko‘ra bo‘lim tomonidan kiritilgan ta’sir choralari natijasida yuqoridagi qonunbuzilish holatlariga bartaraf etilib, aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining 2022-yil 18-noyabrdagi 1-11/24-son xabamomasiga asosan monitoring o‘tkazilganga tuman tibbiyot birlashmasida xodimlarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Jumladan, Uychi tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining 13.10.2022 yildagi 1695-6-86-TB/2022-son buyrug‘i bilan xodim G.G‘apparovaga homiladorlik va tug‘ish ta’tili belgilangan, biroq unga 7.085.447 so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa to‘lab berilmagan.
Bu kabi vaziyatlar 2022 yilda yana 8 ta holatda takrorlanib, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha xodimlarga umumiy hisobda 40.420.138 so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa puli to‘lab berilmagan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 8-maydagi “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1136-son Nizomi 40- bandiga asosan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘lishi, Nizomning 7-bandi talablari bo‘yicha nafaqa oyiga bir marta - oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga to‘lab berilishi lozim.
Mazkur qonunbuzilishi holatlari yuzasidan bo‘lim tomonidan tegishli ta’sir chorasi kiritilishi natijasida xodimlarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullarini to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig ‘ining 2022-yil 6-dekabrdagi 250-um-son buyrug‘iga asosan tuman xalq ta’limi bo‘limida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlami tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-son qarori talablari o‘rganilganda bir qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab quvvatlash sho‘basi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Uychi tumanida 2022- 2023-o‘quv yilida 92 nafar bola uyida yakka tartibda ta’lim oladi hamda ularning 24 nafari o‘zi biriktirilgan maktabdan kamida 1.5 km masofada istiqomat qiladi.
Biroq, tumandagi umumtalim maktablarining 16 nafar yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning yashash manzillari 1.5 km masofadan ortiq bo‘lsada, oquvchilarga dars berayotgan pedagoglarga yo‘l haqi kompensatsiyasi to‘lash rejalashtirilgan bo‘lsada, o‘rganish vaqtiga qadar to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-martda 2435 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qaror 3-bandiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilariga - maktabdan o‘qitilayotgan o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa bo‘lganda uyda o‘qitilayotgan bir nafar o‘quvchi uchun eng kam oylik ish haqining (bazaviy hisoblash miqdorining) 100 foizi miqdorida amalga oshirilishi belgilangan.
E’tiborlaring uchun rahmat.
Bo‘lim boshlig‘i,
3-darajali adliya maslahatchisi E.Toshmatov






