Muhtaram Yurtboshimiz boshchiliklarida joriy yilning 23 iyul kuni o‘tkazilgan “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil etish chora-tadbirlari”ga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2021 yil 25 iyuldagi topshirig‘ini tumanda ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar olib borildi.

Tumanda tezkor shtab tashkil etildi, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholini rozi qilish bo‘yicha joriy yilning avgust oyida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, bir oy davomida 24 soat aholi murojaatlarini xal etish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etib kelinmoqda.

Shtab a’zolari, sektor rahbarlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlarda hamda sohalarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qayta o‘rganishlar tashkil etildi, fuqarolarning shaxsiy qabullari yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 6 oyi davomida Uychi tuman hokimligiga jami 3330 ta murojaat kelib tushdi.

Shundan 1759 tasi yozma, 517 ta og‘zaki hamda 1054 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar.

Bu murojaatlarning 115 tasi yuridik shaxslardan va                   3210 tasi jismoniy shaxslardan kelgan.

2021 yil 6 oyi davomida tuman hokimligiga kelib tushgan jami 3300 ta murojaatning 1563 tasi (47.0 %) qanoatlantirilgan, 1142 ta (34% foiz) murojaatga tushuntirish berilgan, 2 ta (0.6 %) murojaat asossiz deb topilib rad etilgan, 27 tasi (0.8 %) tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 520 tasi                   (15.6 foiz) o‘rganilmoqda.

Kelib tushayotgan murojaatlarning masalalar kesimida tahlil etilganda,

Yo‘l masalasi bo‘yicha 46 ta

Ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha 23 ta

Tabiiy gaz bo‘yicha 26 ta

Elektr energiyasi bo‘yicha  44 ta

 yer ajratish masalalari 163 ta,

 moddiy yordam 150 ta,

uy-joy masalasi 689 ta,

 ishga joylashtirish, ish haqi va imtiyoz masalalarida 80 ta,

uylarni ta’mirlash masalalari 712 ta,

 kredit masalalari 265 ta,

 tadbirkorlik masalalari 561 ta,

kommunal xo‘jalik masalalari 93 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyili asosida    91 marta“Sayyor qabul”tashkil etildi.

Qabul davomida 528 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 19 tasi bevosita yoshlar bilan tashkil qilinib, 307 ta murojaat kelib tushgan, ushbu murojaatlarning 273 tasi ijobiy hal etilgan.

Yurtboshimizning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari hamda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini keng targ‘ib qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash, bevosita muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan ham samarali foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

“Uychi 24” telegram kanali orqali tuman hayotiga doir muhim xabar va yangiliklar berib borilishi bilan birga, “hokimga murojaat” boti orqali yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

Bundan tashqari, “Uychi 24 chat” telegram guruhi orqali aholining talab va takliflari o‘rganilib, savollariga o‘rnida javob berilyapti.

Telegram kanali orqali shanba, yakshanbadan tashqari har kuni soat 21.00 da va kunduzgi soatlarda  ovozli chat tashkil qilinib, jonli efirda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va turli soha vakillari bilan muloqotlar uyushtirilmoqda. Hozirga qadar 36 marta ovozli chat o‘tkazildi.

Shuningdek,  feysbuk sahifasi va telegramda tuman hokimining ham alohida sahifasi bo‘lib, murojaatlar bilan tanishib borilyapti. 

Bundan keyin ham jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar va fuqarolar qabulini samarali tashkil etilishi, ularning murojaatlarini to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, tezkor va har tomonlama hal etilishini ta’minlash choralari ko‘rib boriladi.

 

 

“XALQPARVAR” JAMOATCHILIK KOMISSIYASI FAOLIYATI BO‘YICHA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi  “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash hamda qurilish sohasida jamoatchilik nazoratini yanada chuqurlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, innovasion g‘oyalar va ilg‘or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qurilishning barcha bosqichlarida sifat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tuzilgan xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasi tomonidan tuman hokimligiga murojaat etgan 400 dan ziyod fuqaroning murojaati komissiya a’zolari hamda okrug hududi bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha uy-joyga muhtoj 60 nafar fuqaro deputatlar tavsiyasi asosida, 20 nafar fuqaro mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash  bo‘limi tavsiyasi asosida ro‘yxati shakllantirildi.

 

Hozirgi kunda “Xalqparvar” jamoatchilik komissiyasiga 150 nafardan ortiq fuqaro ariza bilan murojaat etgan va ro‘yxatlari shakllantirilgan.

 

AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMIGA KO‘RSATILGAN YORDAM BO‘YICHA

Uychi tumanida “Ayollar daftari”da turuvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan 97 nafar xotin-qizlar ro‘yxati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi tomonidan taqdim etildi.

 Taqdim etilgan ro‘yxat asosida xalq deputatlari tuman Kengashi deputalari tomonidan uy-joy ta’mirlashga muhtoj xotin-qizlarning oilaviy shaoitlari o‘rganildi. Shundan 72 nafar xotin-qizning uy-joy ta’mirlashga muhtoj ekanligi aniqlandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2021 yil 8 iyul kunida o‘tkazilgan 34-sessiyasida ushbu ro‘yxat tuman Kengashining deputatlari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan uy-joy ta’mirlash bo‘yicha ro‘yxat asosida 16 turdagi 262 million so‘mlik (93900 tonna syement, 1142 dona shifer, 150200 dona g‘isht, yog‘och materiallari va boshqalar)qurilish materiallari tarqatildi.