Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish yuzasidan
MA’LUMOT
Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
- Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, bo‘limga 2022 yil davomida, jami 234 ta (shundan 233 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 1 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid ) murojaatlar kelib tush
Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.
Kelib tushgan murojaatlarning 223 tasi hal etilib, shundan 171 ta murojaat, ya’ni ularning 76.7% qanoatlantirildi. 52 ta murojaatga (ya’ni ularning 23.3%) huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlar kesimida tahlili
Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 72.9% foizi (170 ta) vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida 24 ta taqdimnoma, 85 ta da’vo arizalari kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida 24 ta taqdimnomaga asosan 610.968.148 so‘m, 85 ta davo arizasiga asosan 946.860.294 so‘m undirilishi ta’minlandi.
- Ishonch telefonlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Uychi tuman adliya bo‘limiga 2022 yil davomida ishonch telefoni orqali 2 ta murojaat kelib tushdi va har ikkala murojaat qanoatlantirildi.
III. Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha jami 34 ta (inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 34 ta ) murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar bo‘lim xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 3 ta murojaatlar qanoatlantirilishiga erishildi, 24 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushintirish berildi, 7 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Bo‘limga 2022 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali 10 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirildi, 5 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilindi.
- Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 233 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 222 tasi hal etilgan bo‘lib, 170 tasi qanoatlantirildi, 52 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 7 ta murojaat taaluqliligi bo‘yicha yuborilgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 24 ta taqdimnoma, 85 ta da’vo ariza kiritildi.
Mazkur sohadagi tahlil, murojaatlarni quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:
- Ijtimoiy ta’minot va ishga joylashish masalalari bo‘yicha - 6 ta;
- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan - 4 ta;
- ish haqqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar yuzasidan - 77 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan - 99 ta.
Diagramma 3. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng ko‘p kelib tushgan murojaatlarning (shikoyat) sohalar kesimida tahlili.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
- kelgusida shikoyatlar ko‘paygan sohalarda hududiy kelib chiqishini inobatga olgan holda manzilliy huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
- ommaviy axborot vositalarida munozarali masalalar bo‘yicha huquqiy jihatdan tushuntirishga qaratilgan mavzularni ko‘paytirish;
- Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlariga tezkor aniq va qisqa javob berish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali kanallar tashkil qilinib savol-javoblar tashkillashtirish choralarini ko‘rish;
- Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish sohasida.
Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish borasida 2022 yil davomida 1 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha tadbirkorlik subyekti manfaati yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilib, qanoatlantirishga erishildi.
- Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida.
Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasida 2022 yil davomida murojaatlar kelib tushmadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish maqsadida hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
- Murojaatlarni har tomonlama va ob’ektiv ko‘rib chiqilishiga alohida e’tibor qaratish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va mualliflarga asoslantirilgan javoblar berilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish;
- Murojaatlarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilib borish;
- 3. Kelib tushgan murojaatlarning to‘liq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini ko‘chaytirish;
- Bo‘lim xodimlari tomonidan har chorakda shikoyatlar ko‘paygan sohalarni o‘rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;
- Murojaatlar ko‘p tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini ko‘rish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
- Har chorak yakunlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘payish sabablarini umumlashtirish va taxlil qilish xamda boshqarmaga o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda muhokama qilish, qolaversa Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida muhokama qilish choralarini ko‘rish;
- Murojaatlarini to‘liq va holisona o‘rganib qiqish maqsadida ko‘proq mutahassislarni jalb etish.
Bo‘limi boshlig‘i E.Toshmatov






