Joriy yilning 27-mart kuni Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri va viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da ko‘rsatilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman prokuraturasi hamda Uychi tumani  IIB masʼul xodimlari tomonidan tumandagi hududlarga biriktirilgan xodimlar va "mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallada kriminogen vaziyatni barqaror holda saqlash, aholi muammolarini "xonadonbay" o‘rganib, ularga samarali yechim yechish va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.