Tuman tarixi

Chop kilish
Kurildi: 2170

   Uychi tumani 1935 yil 28 iyulda tashkil topgan. Tuman g`arbdan Namangan shahri bilan, shimoldan Uchqo`rg`on tumani, janubdan Norin va Namangan tumanlari va shimoldan Chortoq tumani bilan chegaradosh.

   Uychi tumani relefi asosan tekislikdan iborat. Er yuzasi shimoldan janubga va garbdan sharq tomon pasayib boradi.

   Iqlimi keskin kontinental bo`lib, janubiy, ya`ni tekislik mintakasida cho`l-subtropik iqpimga mansub. Yoz oylarida havo harorati keskin 40 dan ko`tarilib, quruq va issiq bo`ladi.

   Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv. km. doimiy aholisi 211.3 ming kishi. Shundan shaharchalarda 58,3 ming kishi, qishloqlarda 153.0 ming kishi istiqomat qiladi.

   Tuman markazi Uychi shaharchasi bo`lib, Namangan - Uchqo`rg`on avtomagistral yo`lining 13 kilometrida joylashgan, unda 22,1 ming kishi istiqomat qiladi.

   Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 643 kishito`g`ri keladi.

   Tumanda 3 ta shaharcha, 7 ta qishloq, 62 ta mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.

   Uychi tumani asosan sug`oriladigan dehqonchilik regionidir. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmogi, sog`1omlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi.

   Еkologik jihatdan sifatli qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud.

   Tumanning rivojlanish va taraqqiyot tarixi uning bunyodkor xalqi mehnatlari mevasidir, Uychiliklar viloyat, respublika doirasida ham fidoyiliklari bilan e`tirof etilgan. Tuman vakillari katta Farg`ona kanali kurilishi, Markaziy Fargona, Mirzacho`l va Qarshi dashtlarini bog`u bo`stonlarga aylantirishda faol ishtirok etganlar. U erlarda dehqonchilikmadaniyatining yuksalishida Uychi ahlining munosib hissasi bor.

Davlat ramzlari

Developed by jtemplate

2018 yil - "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"

 

Ob-havo

Kommunal xizmatlar tarifi

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uychi.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.