Umumiy ma`lumot

Chop kilish
Kurildi: 2429

UYCHI TUMANI HAQIDA

 Uychi tumani 1935-yil 28-iyulda tashkil topgan. Tuman G‘arbdan Namangan shahri bilan, Shimoldan Uchqo‘rg‘on tumani, Janubdan Norin va Namangan tumanlari va Shimoldan Chortoq tumani bilan chegaradosh.

 Uychi tumani relefi asosan tekislikdan iborat. yer yuzasi shimoldan janubga va g‘arbdan sharq tomon pasayib boradi.

 Iqlimi keskin kontinental bo‘lib, janubiy, ya’ni tekislik mintaqasida cho‘l-subtropik iqlimga mansub. Yoz oylarida havo harorati keskin 40 darajaga ko‘tarilib, quruq va issiq bo‘ladi.

 

Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv. km. doimiy aholisi 207,7 ming kishi.

 Tuman markazi Uychi shaharchasi bo‘lib, Namangan - Uchqo‘rg‘on avtomagistral yo‘lining 13-kilometrida joylashgan, unda 22,1 ming kishi istiqomat qiladi.

 Tumanda 20 dan ortiq millat vakili yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o‘zbeklarning salmog‘i 98,3 foiz, tojiklar 0,01 foiz, qirg‘izlar 0,6 foiz, boshqalar 1,09 foizini tashkil etadi.

 Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 643 kishi to‘g‘ri keladi.

Tumanda 56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.

Uychi tumani asosan sug‘oriladigan dehqonchilik regionidir. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog‘i, sog‘1omlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi.

Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud.

Tumanning rivojlanish va taraqqiyot tarixi uning bunyodkor xalqi mehnatlari mevasidir, Uychiliklar viloyat, respublika doirasida ham fidoyiliklari bilan e’tirof etilgan. Tuman vakillari katta Farg‘ona kanali qurilishi, Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l va Qarshi dashtlarini bog‘u bo‘stonlarga aylantirishda faol ishtirok etganlar. U yerlarda dehqonchilik madaniyatining yuksalishida Uychi ahlining munosib hissasi bor.

 

Davlat ramzlari

Developed by jtemplate

2020-yil - "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"

 

 

 

Ob-havo

Kommunal xizmatlar tarifi

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uychi.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.